Buxorolik jurnalistlar Farg‘onadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda
Ayni kunlarda Buxoro viloyatidan kelgan bir guruh jurnalistlar Farg‘onaning ijtimoiy-maʼnaviy hayoti, turli sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, obodonchilik va bunyodkorlik ishlari bilan tanishmoqda. O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi, Buxoro viloyati axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamda «Buxoro yoshlari» gazetasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ikki viloyat ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun muloqot va tajriba almashish imkonini berdi. Marg‘ilon shahri va Yozyovon tumanidan boshlangan tanishuv jarayoni Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida davom etmoqda.
Xususan, mehmonlar Farg‘ona viloyati yakka kurashlarga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabi sportchilari hamda Quvasoy shahridagi “Kvars” AJga karashli “Vodiy tulporlari” ot sport majmuasiga tashrif buyurib, ot sporti bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning ko‘rgazmalari chiqishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Buxorolik jurnalistlarning ijodiy safari davom etmoqda.